Isroil va Hamas o'rtasidagi kelishuv 19-yanvar kuni kuchga kiradi
Isroil vazirlar mahkamasi bugun G'azoda o't ochishni to'xtatish va mahbuslarni almashish kelishuvini tasdiqlash uchun yig'iladi.

Isroil vazirlar mahkamasi bugun G'azoda o't ochishni to'xtatish va mahbuslarni almashish kelishuvini tasdiqlash uchun yig'iladi.
Isroil matbuoti, kecha Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tgan muzokaralarda Hamas va Isroil o'rtasidagi ziddiyatlarning hal etilishi ortidan Isroil vazirlar mahkamasi bugun yig'ilishini ma'lum qildi.
Isroil Bosh Vazirlik idorasi, Hamasni otashkesim kelishuvidagi ba'zi moddalardan voz kechish va loyihani o'zgartirishda ayblab, kecha "Isroil vazirlar mahkamasi Hamas vositachilarga kelishuvning barcha moddalarini qabul qilganini bildirmaguncha yig'ilish o'tkazmaydi" deb e'lon qildi.
Isroil ommaviy axborot vositalari Isroil delegatsiyasi nizolarni, jumladan ozod etilishi kerak bo'lgan falastinlik mahbuslarning ismlari bo'yicha kelishmovchilikni muhokama qilganini xabar qildi.
Ta’kidlash joizki, vositachi davlatlardan biri Qatar 15 yanvar kuni Isroil va Hamas G'azoda o't ochishni to'xtatish va asirlarni almashish bo'yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi.
Bitim 19-yanvar, yakshanba kunidan kuchga kiradi. Uch bosqichli sulh bitimiga ko’ra, 33 nafar isroillik mahbus ozod qilinadi.
Kelishuv G‘azo sektoriga keng qamrovli gumanitar yordam, shuningdek, ko‘chirilgan falastinliklarning o‘z hududlariga qaytish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlar tafsilotlari birinchi bosqich yakunlangandan keyin e'lon qilinadi.