Lavrov AQShning Turk oqimiga ziyon yetkazishga uringanini qayd etdi

Sergey Lavrov poytaxt Moskvada uyushtirilgan matbuot anjumanida Rossiya diplomatiyasining 2024 - yildagi faoliyatini baholadi.

2230692
Lavrov AQShning Turk oqimiga ziyon yetkazishga uringanini qayd etdi

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov hech qaysi sohada, ayniqsa energetikada raqobatchi bo‘lishni istamaganini bildirgan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)ning Turk oqimiga ziyon yetkazishga uringanini qayd etdi.

Sergey Lavrov poytaxt Moskvada uyushtirilgan matbuot anjumanida Rossiya diplomatiyasining 2024 - yildagi faoliyatini baholadi.

Bir kun avval Ukraina tomonidan Turk oqimi quvur liniyasiga tabiiy gaz yetkazib bergan Krasnodar mintaqasidagi kompressor stansiyasiga qarshi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirishga tashabbus qilganini yodga solgan Lavrov, AQShning Turk oqimiga ziyon yetkazmoqchi bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Lavrov, «AQSh hech qanday sohada, ayniqsa energetikada raqib istamaydi. AQSh Yevropa ittifoqining energetika sohasidagi farovonligi poydevoriga putur yetkazuvchi terror harakatlariga ruxsat bermoqda. Ukraina boshqaruvini Shimoliy oqimdan keyin Turk oqimiga ham ziyon yetkazishiga yo‘l qo‘yib bermoqda», - dedi.

Rus vazirining aytishicha, AQSh va uning ittifoqchilari halol raqobatdan voz kechib agressiv usullar bilan raqiblarini bostirish siyosatini olib bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turk oqimi , #Sergey Lavrov

Aloqador xabarlar