Isroil G‘azoga qarshi yana hujum uyushtirdi
Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 13 kishi halok bo‘ldi.

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorining shimoliy va markaziy qismlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 13 kishi halok bo‘ldi.
Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektorining shimolidagi G‘azo shahrining Yarmuk tumanida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan falastinliklar jon saqlagan Farobiy maktabini bombaladi.
Hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik tan jarohati oldi.
Isroil armiyasi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lagerining janubiy qismiga ham zarba berdi.
Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi esa tan jarohati oldi.
Aloqador xabarlar

Germaniyada musulmonlarga qarshi jinoyatlar soni ortdi
O‘tgan 2024 – yili Germaniyada musulmonlarga qarshi 1554 ta jinoiy harakat qayd etilgan.