Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi
Korrupsiyaga qarshi tergovchilar va politsiya bir hafta davom etgan qarama-qarshilikdan so'ng uning Seuldagi qarorgohiga bosqin uyushtirdi.

Janubiy Koreyada impichment e'lon qilingan prezident Yun harbiy holatni joriy etish taklifi tufayli hibsga olindi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol mamlakatda harbiy holat joriy etish bo’yicha munozarali tashabbusidan so‘ng hibsga olindi.
Korrupsiyaga qarshi tergovchilar va politsiya bir hafta davom etgan qarama-qarshilikdan so'ng uning Seuldagi qarorgohiga bosqin uyushtirdi.
Dastlab qarshilik ko'rsatgan Yun taslim bo’lishga rozi bo'ldi, ammo u rejalashtirilgan xalqqa murojaati oldidan hibsga olindi.
"Bu mamlakatda qonun ustuvorligi butunlay quladi", -deya ta’kidlagan Yun Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bosh qarorgohiga olib ketilishidan oldin yozib olingan videomurojaatida.
Uning 48 soat hibsda qolishi kutilmoqda.
Aloqador xabarlar

Germaniyada musulmonlarga qarshi jinoyatlar soni ortdi
O‘tgan 2024 – yili Germaniyada musulmonlarga qarshi 1554 ta jinoiy harakat qayd etilgan.