Isroilni qo‘llab - quvvatlagan davlatlarda norozichiliklar davom etmoqda
Isroilni qo‘llab - quvvatlagan davlatlarda hukumatlarga qarshi norozichiliklar davom etmoqda.




Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini qo‘llab - quvvatlagan davlatlarda, hukumatlarga qarshi norozichilik namoyishlari davom etmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) poytaxti Vashingtonda Falastinni qo‘llab - quvvatlagan namoyishchilar Davlat departamenti binosi oldida Prezident Jo Bayden bilan Davlat kotibi Entoni Blinkenga norozilik bildirdilar.
Blinken hamrohlik qilgan Baydenning 4 yillik prezidentlik davridagi tashqi siyosatiga izoh bergan nutqi oldidan yig‘ilgan namoyishchilar, «Bugun qancha bolani o‘ldirdingiz?» va «Biz to‘lagan soliqlarning falastinliklar qirg‘ini uchun ishlatilishini istamaymiz!» - degan shiorlar aytdilar.
Bayden bilan Blinken tashqi siyosatni baholash uchun vazirlik binosiga kortejda yetib kelganlarida esa namoyishchilar ularga «Urush jinoyatchisi!» deb hayqirdilar.
Germaniya kansleri Olaf Sholsga ham Bielefeld shahridagi Falastinni qo‘llab – quvvatlagan faollar norozichilik bildirilgan.
Scholz saylovoldi tashviqotini olib borayotgan Bielefeld shahridagi nutqi chogʻida faol ayollardan biri oʻrnidan turib, «Qoʻllaringiz qonli, Germaniya hukumati Gʻazodagi oʻlimga sherik!», - deb baland ovozda qichqirdi.
Faol ayol, xavfsizlik kuchlari tomonidan zaldan chiqarib yuborilishi chog‘ida «Ozod Falastin!» - degan shior bilan hayqirdi.