Los - Anjeles va uning atrofidagi yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni ortdi

Los - Anjeles okrugi tibbiy ekspertizasi idorasi, yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni haqidagi oxirgi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

2229500
Los - Anjeles va uning atrofidagi yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni ortdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Los - Anjeles shahri va uning atrofida bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni ortdi.

Los - Anjeles okrugi tibbiy ekspertizasi idorasi, yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni haqidagi oxirgi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Unda aytilishicha, Palisades va Eaton hududlarida davom etayotgan yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetgan.

Boshqacha qilib aytganda Eatondagi yong‘inda 11 kishi, Palisadesdagi yong‘inda esa 5 kishi halok bo‘lgan.

Los - Anjelesning turli hududlarida joriy yilning 7 – yanvari kuni oqshomida boshlangan va kuchli shamol tufayli tez yoyilib ketgan yong‘inlar hozirgacha 37 ming gektardan ortiq maydonni yoqib kulga aylantirdi.

Unda, 12 mingdan ortiq inshoot shikastlandi yoki yaroqsiz holga keldi.



Aloqador xabarlar