G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish haqidagi kelishuvning yakuniy loyihasi tamomlandi
Taha, G‘azoda otashkesim muzokaralari va mahbuslar almashinuvi borasida tuzilgan kelishuv loyihasi tamomlangani va Netanyaxu vakilining Dohaga borib oxirgi tuzatishlarni tasdiqlashini bildirdi.

Hamas vakili Jihad Taha, G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish haqidagi kelishuvning yakuniy loyihasi tamomlangani va ular Isroil tomoni bunga qanday javob berishini kutayotganliklarini ma’lum qildi.
Taha «al - Araby al - Jadeed» telekanaliga bergan intervyusida, vositachilarning G‘azoda otashkesim muzokaralari va mahbuslar almashinuvi borasida tuzgan kelishuv loyihasi tamomlangani va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vakilining Qatar poytaxti Dohaga borib oxirgi tuzatishlarni tasdiqlashini bildirdi.
Qatarda joylashgan «al Araby» telekanalining Hamas rasmiylariga tayanib bergan maʼlumotlariga koʻra esa Hamas bilan Isroil oʻrtasidagi otashkesim muzokaralari oʻz nihoyasiga yetay deb qolgan. Otashkesim boʻyicha olib borilgan muzokara jarayoni ijobiy tusda davom etayotgani va kelasi bir necha soat, kelishib olish nuqtasida muhim ahamiyatga ega ekani bildirildi.
Xabarga koʻra, otashkesim kelishuvining birinchi bosqichida Isroilning qaysi nuqtalardan va qaysi joylardan chiqib ketishi borasida kelishuvga erishilgan. Shunga ko’ra birinchi bosqichda Isroil, Rafoh chegara darvozasi va Gʻazo sektori bilan Misr oʻrtasidagi chegara chizigʻi boʻlgan Filadelfiya yoki Salohiddin yoʻlagidagi ba’zi joylardan ortga qaytadi.
Otashkesim ustidan bir hafta o‘tgach esa, mahbuslarni ozod qilish va Isroilning kelishilgan hududlardan chiqib ketish rejalashtirilgan.
Xabarga koʻra Qatar, Misr va AQSh kabi vositachi davlatlar mushtarak matbuot anjumani uyushtirib unda otashkesim kelishuvi tafsilotlari, uni amalga oshirish jadvali va kuchga kirish sanasiga oydinlik kiritadi.
Isroil ommaviy axborot vositasi esa, armiya 2023 - yilning 7 - oktabridan beri shiddatli hujumlar uyushtirib kelayotgan G‘azo sektoridan qo‘shinlarni olib chiqish rejalarini ma’qullagani haqida xabar berdi.
«Haaretz» gazetasi ma’lumotlariga koʻra Isroil armiyasi mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda G‘azo sektoridan qo‘shinlarni tezda olib chiqish bo‘yicha bir nechta rejani ma’qullagan.
Isroil armiyasi, mintaqada oʻrnatgan koʻplab infratuzilma va pozitsiyalarga qaramay askarlarini mintaqadan «evakuatsiya qilish imkoniyatiga» ega ekanini ma’lum qilar ekan, askarlarning Gʻazodan tezlik bilan chiqib ketishi ham doxil hukumat tuzgan har qanday kelishuvga tayyorligini bildirdi.
«Yedioth Ahronoth» gazetasi siyosiy manbalarga tayanib, Isroil va Hamas oʻrtasidagi mahbuslarni almashish kelishuvi tafsilotlarining 90 foizi ustidan kelishib olinganini ilgari surgandi.
Aloqador xabarlar

Germaniyada musulmonlarga qarshi jinoyatlar soni ortdi
O‘tgan 2024 – yili Germaniyada musulmonlarga qarshi 1554 ta jinoiy harakat qayd etilgan.