AQSh Ukrainaga 500 million dollarlik xavfsizlik yordamini yetkazmoqchi

Ushbu yordam paketi Bayden ma'muriyatining 2021-yil avgustidan beri Ukraina uchun Mudofaa vazirligi inventarlarini taqdim etgan 74-yordam hisoblanadi.

2228847
AQSh Ukrainaga 500 million dollarlik xavfsizlik yordamini yetkazmoqchi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarda Jo Bayden ma'muriyati Ukrainaga 500 million dollarlik yangi xavfsizlik yordami berishini e'lon qildi.

Pentagon voizi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Ukrainaning muhim xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun xavfsizlik yordamini qo'llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Yangi yordam paketiga havo hujumidan mudofaa raketalari, o‘q-dorilar va Ukrainaga topshirilgan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun qanotli raketalar kiritilgan.

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam yanvar oyi oxirigacha yetkazilishini bildirgan.

Bayonotda ta'kidlanishicha, ushbu yordam Bayden ma'muriyatining 2021-yil avgustidan beri Ukraina uchun Mudofaa vazirligi inventarlarini taqdim etgan 74-yordam hisoblanadi.

Eslatish joizki, 2024 yil dekabr oyining oxirgi kunlarida AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qariyb 2,5 milliard dollarlik xavfsizlik yordamini e’lon qilgandi. Qo‘shimcha ravishda 1,25 milliard dollarlik harbiy yordam va 1,22 milliard dollarlik Ukrainaga xavfsizlik yordami tashabbusi (USAI) paketlari taqdim etiladi. Bu Ukraina harbiylari jang maydonida samarali foydalanayotgan qisqa muddatli imkoniyatlarni va uzoq muddatli havo hujumidan mudofaa, artilleriya va boshqa qurol tizimlari kabi zarur ta’minotni qamrab oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar