BMT 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z yurtiga qaytganini ma’lum qildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi (UNHCR), Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng qo‘shni davlatlardagi 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z yurtiga qaytganini ma’lum qildi.

2226545

UNHCR, suriyalik qochqinlarning o'z mamlakatlariga qaytishi bilan bog'liq yozma bayonot berdi.

Bayonotda 2024-yil 8-dekabrdan buyon Turkiya, Iordaniya va Livan kabi davlatlardan Suriyaga 115 mingdan ortiq odam qaytgani maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, suriyaliklarning qaytishiga oid raqamlar mezbon davlatlarning ommaviy baham ko'rishi, Suriyadagi migratsiya xizmatlari bilan aloqalar va BMT Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi va uning hamkorlari tomonidan olib borilgan chegara kuzatuvlariga asoslangan.

Tanlangan kalimalar: #Qochqin , #Suriyalik , #BMT

Aloqador xabarlar