Isroil G'azoda BMT yordam karvoniga to’sqinlik qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shifoxonaga kiritilmagan tibbiy yordamlar G‘azo janubiga qaytishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

2220115
Isroil G'azoda BMT yordam karvoniga to’sqinlik qildi

 

Isroil G'azodagi shifoxonaga yuborilgan BMT yordam karvoniga to’sqinlik qildi

Shifoxona rahbarlarining bayonotiga koʻra, Isroil armiyasi Gʻazo shimolidagi “Kamol Advan” shifoxonasiga yoqilgʻi va tibbiy jihozlar olib ketayotgan BMT karvonining oʻtishiga ruxsat bermagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shifoxonaga kiritilmagan tibbiy yordamlar G‘azo janubiga qaytishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

Jarohatlanganlar soni ortib borayotganiga qaramay, tibbiy jihozlar yetishmasligi sababli shifoxona minimal quvvat bilan ishlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil

Aloqador xabarlar