Rossiya Rostov harbiy aeroportiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi

Kecha ertalab Rostov viloyatining Taganrog shahridagi harbiy aeroportga G‘arbda ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi qurol bilan hujum uyushtirilgani bildirildi.

2219758
Rossiya Rostov harbiy aeroportiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Rossiya hududida joylashgan Rostov viloyatidagi harbiy aeroportga Amerikada ishlab chiqarilgan uzoq masofali quruqlikdagi taktik raketa tizimlari (ATACMS) raketalari bilan hujum uyushtirganini ma’lum qildi va bu borada zarur choralar ko'rilishini bildirdi.

Vazirlik bayonotida, Ukraina armiyasi,

Kecha ertalab Rostov viloyatining Taganrog shahridagi harbiy aeroportga G‘arbda ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi qurol bilan hujum uyushtirilgani bildirildi.

Bayonotda, “Tekshiruvlar natijasida hujumda 6 ta ATACMS raketasi ishlatilgani aniqlandi.

Ulardan ikkitasi Pantsir havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, qolganlari esa elektron qurilmalari tomonidan bloklangan”, — deyiladi xabarda.

Raketa parchalari qulashi oqibatida harbiy xizmatchilar jarohat olgan aeroportga tegishli 2 ta bino,

to‘xtash joyidagi 3 ta harbiy avtomobil va fuqarolik avtomobillariga zarar yetganligi qayd etilgan.

"G'arbning uzoq masofali qurollarining bu hujumi javobsiz qolmaydi. Bu borada kerakli qadamlar tashlanadi". Ifodasi  ishlatilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, o'tgan oy Ukraina Rossiya hududining Braynsk va Kursk viloyatlaridagi elementlarga ATACMS raketalari bilan hujum uyushtirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-noyabr kuni Amerika va Britaniya uzoq masofali qurollarini Rossiya hududiga qarshi qoʻllaganiga javoban. Ukraina harbiy unsurlariga 90 ta raketa va 100 ta uchuvchisiz uchish apparati (PUA) bilan hujum qilganliklarini maʼlum qildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #ATACMS , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar