Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp “telbalik” deb atagan urushni zudlik bilan to‘xtatishga va Ukraina-Rossiya o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

2218528
Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi

 

Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi va NATOdan chiqish ehtimoli borligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp “telbalik” deb atagan urushni zudlik bilan to‘xtatishga va Ukraina-Rossiya o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

Ushbu bayonotdan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kreml o‘z shartlarini sanab o‘tdi. Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmog’i orqali Zelenskiy kelishuvga erishmoqchi ekanini va Ukrainaning 400 mingga yaqin askari halok bo’lganini aytdi. Tramp intervyuda, agar ittifoqchilar “talabni bajarmasa”, NATOdan chiqish haqida “mutlaqo” o‘ylab ko‘rishini aytdi. Tramp ancha vaqtdan beri umumiy mudofaa blokidagi Yevropa va Kanada hukumatlarining NATOning eng qudratli hamkori bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning harbiy xarajatlariga yuk bo’layotganidan shikoyat qilib keladi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar