BMT global gumanitar inqiroz haqida ogohlantirdi
BMT global gumanitar inqirozdan ogohlantirib, 47 milliard dollar yordam so'ramoqda.
BMT global gumanitar inqirozdan ogohlantirib, 47 milliard dollar yordam so'ramoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tobora kuchayib borayotgan mojarolar va iqlim ofatlari tufayli yuz millionlab odamlarga ta'sir ko'rsatadigan "ko'p tomonlama inqiroz" yuzaga kelayotgani haqida jiddiy ogohlantirdi.
BMT inqirozni bartaraf etish maqsadida 2025-yil uchun 47,4 milliard dollar gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Favqulodda yordam ko‘rsatish bo‘yicha koordinatori Tom Fletcher, ayniqsa, Falastin, Sudan va Ukraina kabi mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda insonparvarlik yordamiga ehtiyoj tez ortib borayotganidan chuqur xavotir bildirdi.
U BMTning yordami yetarli emasligini tan olib, taxminan 115 million kishi kerakli yordamni ololmasligini aytdi.
Aloqador xabarlar
Bayden opa – ukalari va ularning turmush o‘rtoqlarini kechirdi
Bayden, Oq saroydan chiqar chog‘ida opa – ukalari va ularning turmush o‘rtoqlarini kechirdi.