Janubiy Koreya prezidentiga impichment e'lon qilinishi mumkin
Janubiy Koreyada prezident Yun Suk Yol’ning munozarali harbiy holat e’lon qilishi ortidan mamlakatda notinchlik yuzaga keldi.
Janubiy Koreyada prezident Yun Suk Yol’ning munozarali harbiy holat e’lon qilishi ortidan mamlakatda notinchlik yuzaga keldi.
Muxolifatning asosiy partiyasi Yun’ning iste'fosini talab qilmoqda, agar iste’foga chiqmasa, impichment jarayonini boshlashni talab qilmoqda. Prezidentning harbiy holat e'lon qilishi mamlakatda keng norozilik va xalqaro tanqidlarga sabab bo'ldi.
Yun’ga impichment e'lon qilish uchun parlamentning uchdan ikki qismi ya’ni, 300 a'zodan 200 nafarining qo'llab-quvvatlashi zarur.
Demokratik partiya va boshqa kichikroq muxolifat partiyalari jami 192 o'ringa ega.
Agar Yun’ga impichment e'lon qilinsa, u Konstitutsiyaviy sud yakuniy qaror qabul qilmaguncha konstitutsiyaviy vakolatlaridan mahrum qilinadi.
Aloqador xabarlar
Yaponiyada 6,9 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi
Yaponiyada mahalliy vaqt bilan soat 21:19 da 6,9 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.