Antonio Kosta Ukrainaga gumanitar, iqtisodiy va harbiy yordamni davom ettirajaklarini bildirdi
Yevropa Ittifoqi (YI) kengashi raisi Antonio Kosta Ukrainaga gumanitar, iqtisodiy va harbiy yordamni davom ettirajaklarini bildirdi.
Yevropa Ittifoqi (YI) kengashi raisi Antonio Kosta Ukrainaga gumanitar, iqtisodiy va harbiy yordamni davom ettirajaklarini bildirdi.
Yil oxirigacha 4,2 milliard evrolik qo'shimcha byudjet yordami bilan kelgusi yil mamlakatga muntazam manbalar taqdim etishlarini aytdi.
Endigina lavozimga kirishgan va birinchi tashrifini Ukrainaga qilgan Kosta, prezident Vladimir Zelenskiy bilan matbuot anjumanida gaplashdi.
“Biz lavozimga kirishganimizning birinchi kunida men Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kaja Kallas va Yevropa Ittifoqining kengayish boʻyicha komissari Marta Kos bilan birga poytaxt Kiyevdaman” .Kosta shunday dedi:
Uning taʼkidlashicha, bu Yevropa Ittifoqining Ukrainani qoʻllab-quvvatlayotganidan dalolat beradi.
Antonio Kosta: "Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va chegaralariga hurmat ko'rsatish kerak". - dedi u.
Kosta Rossiyaning 2022-yil fevralidan beri Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasi va energetika tizimlariga uyushtirgan hujumlarini “g‘ayriinsoniy” deb baholadi.
Uning ta’kidlashicha, YeI urushning birinchi kunidan beri Ukraina bilan birga bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi.
Kosta Ukrainaga gumanitar, iqtisodiy, diplomatik va harbiy yordam berishda davom etishlarini qayd etdi.
"Yevropa Ittifoqi Ukraina byudjetini qo'llab-quvvatlash uchun shu oyda qo'shimcha 4,2 milliard yevro ajratadi. Bundan tashqari, biz kelgusi oydan boshlab har oy to'liq yil davomida 1,5 milliard yevro miqdorida yordam berishni rejalashtirmoqdamiz.
"Bu pul Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushadigan daromadlardan ta'minlanadi va harbiy maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin".
Rossiya iqtisodiga bosimni oshirajaklarini bildirgan Kengash Rahbari, “(Rossiya Prezidenti Vladimir) Putin rejimiga qarshi 15-sanksiya paketini tayyorlayapmiz”. dedi u.
Kosta, Yevropa oilasining bir qismi bo'lgan Ukrainani Yevropa Ittifoqi a'zosi sifatida ko'rishni intiqlik bilan kutayotganliklarini bildirdi.