Isroil armiyasi Livan janubiga havo hujumi uyushtirdi

Bu haqda Isroil armiyasi voizi Avichay Adraee ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

2215098
Isroil armiyasi Livan janubiga havo hujumi uyushtirdi

 

Isroil armiyasi chorshanba kuni erishilgan sulh bitimidan keyin birinchi marta Livan janubiga havo hujumini sodir qildi. Bu haqda Isroil armiyasi voizi Avichay Adraee ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, hujumda Hizbullohga tegishli bo’lgan o'rta masofali raketa ombori nishonga olingan.

Isroil harbiylari Livan janubidagi “Hizbulloh” tashkilotining raketa omborida “terrorchilik harakati”ni aniqlagani, shundan so‘ng ushbu ob’ektga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan. Bu tomonlar o‘rtasida sulh boshlanganidan keyin Livan hududidagi “Hizbulloh” nishoniga birinchi zarba bo‘ldi.

Armiya matbuot kotibi, shuningdek, Livan janubida kecha mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan bugun ertalab soat 07:00 gacha sayohat taqiqlanganini e'lon qildi.

Shuningdek, Litani daryosining janubida yashovchilardan o'z joylarini tark etmasliklari so'ralgan.

Armiya matbuot kotibi Adraee, kecha ertalab soat 06:00 da Livan janubidagi 10 ta shahar va qishloqqa yaqinlashmaslik bilan tahdid qilgan edi.

Eslatma: 26 noyabr kuni Isroil va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi sulh bitimi 27 noyabr tongidan boshlab kuchga kirdi. Isroilning Livanga qarshi tajovuzini to‘xtatgan 13 banddan iborat sulh imzolangan bo‘lib, unda tomonlar quyidagicha majburiyatlar oldi. Sulhga ko‘ra, Livan hukumati “Hizbulloh” yoki Livan hududidagi boshqa qurolli guruhning Isroilga qarshi biron bir operatsiya o‘tkazishiga ruxsat bermaydi. O‘z o‘rnida Isroil ham Livandagi fuqarolik, harbiy yoki hukumat inshootlariga quruqlik, dengiz yoki havo orqali hech qanday harbiy hujum uyushtirmaydi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Isroil kuchlarining bo‘linmalari kelasi 60 kun ichida Livan hududini tark etadi. “Hizbulloh” esa o‘z qo‘shinlarini Isroil chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi Litani daryosigacha olib chiqishi lozim. 


Tanlangan kalimalar: #Livan , #Isroil

Aloqador xabarlar