Pokistonda qabilalararo mojaroda 102 kishi halok bo'ldi
Geo News xabariga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegaradosh mintaqada bir haftadan beri davom etayotgan qabilalararo mojarolarda halok bo‘lganlar soni 102 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 138 nafarga yetgan.
Pokistonda bir haftadan beri davom etayotgan qabilalararo mojarolarda halok bo‘lganlar soni 102 nafarga yetdi.
Mamlakatning Xayber-Paxtunxva viloyati markazi Peshovardan 218 kilometr uzoqlikdagi Kurram viloyatida shia va sunniy qabilalar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib, ko‘plab odamlar halok bo‘lmoqda.
Geo News xabariga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegaradosh mintaqada bir haftadan beri davom etayotgan qabilalararo mojarolarda halok bo‘lganlar soni 102 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 138 nafarga yetgan.
So‘nggi 7 kundan beri viloyatda ta’lim muassasalari va do‘konlar ochilmayotir, qabila hududlarini bog‘lovchi Peshovar-Parachinar yo‘li ham transport harakati uchun yopilgan.
21-noyabr kuni jangarilar Kurramda shialarni olib ketayotgan yo‘lovchilar karvoniga hujum qilib, kamida 42 kishini o‘ldirgan.
Hujum ortidan mintaqadagi shia va sunniy qabilalar o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
240 million aholiga ega Pokistonda shialar mamlakatning taxminan 15 foizini tashkil qiladi.
Aloqador xabarlar
Qatarda "Innovatsion talab: 2024 Doha forumi” bo’lib o’tadi
2024-yil 7-dekabr kuni Qatar poytaxtida 22-Doha forumi o’z ishini boshlaydi.