Qur’on – i Karimni yoqib yuborgan Nikita Juravel 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Rossiyada Qur’on – i Karim kitobini yoqib yuborgan Nikita Juravel 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Rossiyada o‘tgan yili Qur’on - i Karim kitobini yoqib yuborgan Nikita Juravel, «davlatga xiyonat» degan ayblov bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Volgograd viloyat sudi matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Juravel, Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlariga qarshi chiqqan. Shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) koʻrsatmasi bilan Qur’on - i Karim kitobini yoqib yuborish orqali Rossiya xavfsizligini tahdid qilgan.
Sud majlisida Juravelning «davlatga xiyonat» qilish bilan ayblanganiga e’tibor qaratilar ekan ayni vaqtda, «Juravel, qoʻl urgan jinoyatlari uchun 14 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Juravel aybini boʻyniga oldi», - degan ifodalarga ham oʻrin berildi.
Eslatib oʻtamiz:
Nikita Juravel 2023 - yilning may oyida Rossiyaning Volgograd shahridagi jome’ masjidlaridan biri oldida Qur’on - i Karim kitobini yoqib yuborgani uchun hibsga olinib, Chechenistonga yuborilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Checheniston Respublikasi sudi joriy yilning 27 - fevrali kuni Juravelni «maʼnaviy qadriyatlarni haqorat qilgani va ijtimoiy tartibni buzgani» haqidagi aybi bilan 3,5 yil ozodlikdan mahrum qilgandi.
Aloqador xabarlar
Qatarda "Innovatsion talab: 2024 Doha forumi” bo’lib o’tadi
2024-yil 7-dekabr kuni Qatar poytaxtida 22-Doha forumi o’z ishini boshlaydi.