Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 24 kishi halok bo‘ldi
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.
Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda falastinlik yana 24 kishi halok bo‘ldi.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 405 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.
Shunga ko‘ra Isroil armiyasi tomonidan oxirgi 24 soatda uyushtirilgan qatliom tusdagi 3 ta hujumda falastinlik yana 24 kishi halok bo‘lar ekan, 112 kishi tan jarohati oldi.
O‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri esa halok bo‘lganlarning jami soni 43 ming 736 nafarga yetar ekan, tan jarohati olganlar soni esa 103 ming 370 nafar deb qayd etildi.
Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon jasadlar bor ekani ifoda etildi. Eng yomoni, Isroil moneliklari yuzasidan yuqorida nomi tilga olingan jasadlarni tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham ola olmayapdi.