Isroil falastinliklar uchrab turgan kafelardan birini nishonga oldi
Isroil, o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlar jon saqlagan chodirlarga yaqin nuqtada joylashgan va internet xizmati bergani uchun falastinliklar uchrab turgan kafelardan birini nishonga oldi.
2209159
Isroil samolyotlari G‘azo janubidagi Xon Yunus shahriga qarashli Mevasi hududida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlarning chodirlariga qarshi hujum uyushtirdi. Oqibatida, falastinlik 10 kishi jon berdi.
Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi, Mevasida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlar jon saqlagan chodirlarga yaqin nuqtada joylashgan va internet xizmati bergani uchun tez – tez falastinliklar uchrab turgan kafelardan birini nishonga oldi.
Sog‘liqni saqlash manbalarining ma’lum qilishicha hujumda 10 kishi halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik tan jarohati olgan.
Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolida Falastin qarshilik ko‘rsatish guruhlari bilan kelib chiqqan to‘qnashuvda 4 nafar askarining halok bo‘lganini ma’lum qildi.