Tramp, Putin bilan muloqotida Rossiya-Ukraina urushidagi keskinlikni kamaytirishga chaqirgan
The Washington Post gazetasining uchrashuvdan xabardor manbalarga tayangan xabariga ko‘ra, saylovlardan so‘ng 7-noyabr kuni ular telefon orqali suhbatlashgan.
Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) 47-prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan va Rossiya-Ukraina urushidagi keskinlikni kamaytirishga chaqirgan.
The Washington Post gazetasining uchrashuvdan xabardor manbalarga tayangan xabariga ko‘ra, saylovlardan so‘ng 7-noyabr kuni ular telefon orqali suhbatlashgan.
Tramp Putinga Vashington “Yevropada muhim harbiy ishtiroki” borligini aytdi.
AQShning saylangan prezidenti Tramp Putinni Rossiya-Ukraina urushidagi keskinlikni kamaytirishga chaqirdi.
Telefon qo'ng'irog'i haqida Ukraina ma'muriyati xabardor qilingan.
Putin 7-noyabr kuni Trampni tabrikladi va u bilan gaplashishga tayyorligini bildirdi.
Tramp saylovoldi tashviqoti chog‘ida Rossiya-Ukraina urushini “darhol” tugatishi mumkinligini aytgan edi.