Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumi 5 kishi umriga zomin bo‘ldi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumi 5 kishining umriga, 19 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
2208961
Rossiya armiyasi tomonidan kechasi bilan Ukrainaning Nikolayev va Zaporojye viloyatiga qarshi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirildi. Oqibati esa kamida 5 kishining umriga, 19 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Halok bo‘lganlarning 4 nafari Nikolayev, 1 nafari esa Zaporojye viloyatida ekani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha Zaporojyeda tan jarohati olganlarning 5 nafari yosh bola va ularning eng kichigi 4, eng kattasi esa 17 yashar bo‘lgan.
Zaporojye viloyatiga uyushtirilgan hujumda mintaqadagi ikki qavatli bino qisman qulagan, 5 qavatli yotoqxona esa ziyon ko‘rgan.