Olaf Scholz Donald Trampni tabrikladi
Scholz, joriy yilning 6 – noyabri kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan Trampni tabrikladi.
Germaniya kansleri Olaf Scholz Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) 47 - prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali muloqat qildi.
Hukumat voizi Steffen Hebestreit tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Scholz, joriy yilning 6 – noyabri kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabriklagan.
Ikkala lider mazkur muloqot chog‘ida Germaniya - Amerika munosabatlari va mavjud geosiyosiy muammolarni muhokama qilgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, Shols Trampga Germaniya hukumatining AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ifoda etgan.
Scholz bilan Tramp muloqot yakunida Yevropada tinchlikni qayta tiklash uchun hamkorlik qilish ustidan kelishib olgan.