Putin Rossiya bilan Shimoliy Koreya o‘rtasidagi strategik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi
Putin, Rossiya bilan Shimoliy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro mudofaa bandini ham o‘z ichiga olgan strategik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi.
Vladimir Putin, Rossiya bilan Shimoliy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro mudofaa bandini ham o‘z ichiga olgan strategik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi.
Tasdiqlangan shartnoma mamlakatning huquqiy axborot tizimida e’lon qilindi.
Ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi ko‘plab sohalardagi aloqalarni rivojlantirishni ko‘zda tutgan shartnoma, tomonlardan biriga hujum qilingan taqdirda ikkinchi tomonning harbiy yordam ko‘rsatishi haqidagi moddani ham o‘z ichiga olgan.
Ushbu shartnomaga ko‘ra, ikki davlat «urushning oldini olish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash» maqsadida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar ham uyushtiriladi.
Nomi tilga olingan shartnoma Putinning Shimoliy Koreyaga iyun oyida uyushtirgan rasmiy tashrifida qo‘l qo‘yilgan va keyinchalik Rossiya parlamentining quyi palatasi Duma bilan parlamentning yuqori palatasi Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlangan edi.
Aloqador xabarlar
Milliarderning boyligi o'n yil ichida 121% ga oshdi
Dunyo milliarderlarining boyligi so‘nggi 10 yilda 121 foizga oshib, jami 14 trillion dollarga yetdi.