Pokistondagi vokzaldagi portlashda ko’plab kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning Baluchiston viloyatidagi vokzalda sodir bo‘lgan portlashda kamida 26 kishi halok bo‘lgan.

2208385
Pokistondagi vokzaldagi portlashda ko’plab kishi halok bo‘ldi

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning Baluchiston viloyatidagi vokzalda sodir bo‘lgan portlashda kamida 26 kishi halok bo‘lgan.

Geo News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Belujistonning Kvetta shahridagi vokzal kassasida portlash sodir bo‘lgan.

Politsiya rasmiysi Muhammad Akramning aytishicha, portlash oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan.

Geo News bilan suhbatda Kvetta politsiyasi xodimi Hamza Shafqaat ham portlash sababi xudkushlik hujumi ekanligini ma'lum qildi.

Hujumchining poyezdga kirganini ifoda etgan Shafqaat, “Xudkushlik hujumini amalga oshirish niyatida bo’lgan shaxsni to’xtatish juda  qiyin” deb qayd etdi.

Shafqaat politsiya va boshqa guruhlar tezda voqea joyiga yetib kelganini, Kvetta kasalxonasida favqulodda choralar ko‘rilganini, jarohatlanganlarga yordam berish uchun qo‘shimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar tayinlanganini ma’lum qildi.

Rasmiylar portlashda yaralanganlarning ba'zilarining ahvoli og'ir ekanligini va qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirdi.

Pokistondagi hujumlar ayniqsa Afg‘oniston bilan chegaradosh Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida jamlangan.

 Har ikki viloyatda Pushtun va Baluj etnik guruhlari huquqlarini himoya qilish da’vosi bilan chiqqan qurolli guruhlar Pokiston xavfsizlik kuchlari va tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #portlash , #Baluchiston , #Pokiston

Aloqador xabarlar