Isroil,G'azo sektori shimolida amalga oshirgan hujumlarida 1500 nafar falastinlikni o'ldirdi
Isroil armiyasi 34 kun davomida G'azo sektori shimolida amalga oshirgan quruqlik hujumlarida taxminan 1500 falastinlikni o'ldirdi.
Isroil armiyasi 34 kun davomida G'azo sektori shimolida amalga oshirgan quruqlik hujumlarida taxminan 1500 falastinlikni o'ldirdi.
G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir Abdulloh al-Bersh mavzu haqida ma'lumot berdi.
Bersh, Isroil qo'shini G'azo shimolida 34 kundan beri olib borgan quruqlik amaliyotida 1200 dan ortiq falastinlikni o'ldirganini aytdi.
Boshqa tomondan, Hamas kecha Isroil qo'shini tomonidan G'azo sektorida uyushtirilgan ikki qirg'inda 42 Falastinlik hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.
Hamas tomonidan berilgan yozma bayonotda, Isroil qo'shini, ayniqsa G'azo sektorining shimolida Falastin xalqiga qarshi qirg'inlarini davom ettirayotgani ta'kidlandi.
Isroilning G'azodagi tinch aholiga qarshi oxirgi qatliomining Shati qochqinlar lagerida ko'chirilganlar boshpana topgan maktabda sodir bo'lgani bildirildi.
Bu qirg'inda 12 kishining hayotdan ko'z yumgani qayd etildi.
Isroil qo'shini G'azo sektorining shimolidagi jibaliya qochqinlar lagerida ham qatliom uyushtirgani bildirildi.
jibaliya qochqinlar lageridagi bir uyning bombardimon qilinishi oqibatida aksariyati ayollar va bolalar bo'lgan 30 dan ortiq tinch aholining halok bo'lgani bildirildi.
Bayonotda,
"Bosqinchi fashistlar armiyasi tomonidan etnik tozalash darajasidagi bu qirg'inlar G'azo sektorining shimoliga qo'ygan qattiq blokada bilan birga amalga oshirilmoqda". Deya qayd etildi.
Aloqador xabarlar
Afgʻoniston qochqinlar vaziri xudkushlik hujumida halok bo‘ldi
DEASh terror tashkiloti hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.