Isroil yana Gʻazoga qarshi hujum uyushtirdi
Isroil kechasi bilan yana Gʻazoga qarshi hujum uyushtirdi.
Isroil armiyasi kechasi bilan Gʻazo sektorining koʻplab hududlariga qarshi hujum uyushtirishni davom etdi. Oqibatida falastinlik 29 kishi halok boldi va eng yomoni ular orasida ayollar va yosh bolalar ham boʻlgan.
Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotiga koʻra Isroil armiyasi 396 kundan beri uyushtirgan hujumlarida Bayt Lahiya, Dayr al - Balah, al - Zavayida va Xon Yunusdagi oʻz uy – joyidan mahrum boʻlganlarning uylari bilan chodirlarini nishonga oldi.
Gʻazo shimolidagi Bayt Lahiyadagi bir uyga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik 20 kishi halok boʻldi.
Markaziy Dayr al - Balah shahridagi bir chodirga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik 2 kishi, az - Zavayida hududida esa falastinlik 4 kishi halok boʻldi.
Janubdagi Xon Yunus shahridagi hujumda falastinlik 3 kishi jon berdi.
Aloqador xabarlar
BMT: Asad o'tmishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerak
BMT: Suriyadagi muvaqqat hukumat o'tmishdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ta'minlashi kerak