Liviyada aniqlangan ommaviy qabrdan 73 kishining jasadi topildi

Tajuraning Bi'r el-Esta hududidagi 2011-yilga tegishli ommaviy qabrda qazish va qidiruv ishlarining davom etayotgani bildirildi.

2206029
Liviyada aniqlangan ommaviy qabrdan 73 kishining jasadi topildi

 

Liviya poytaxti Tripolining Tajura hududidagi ommaviy qabrdan 73 kishining jasadi  topildi. 

Hukumatning bedarak yo‘qolgan qidiruv va shaxsni aniqlash agentligi tomonidan berilgan bayonotda,

Tajuraning Bi'r el-Esta hududidagi 2011-yilga tegishli ommaviy qabrda qazish va qidiruv ishlarining davom etayotgani bildirildi.

Bayonotda, jamoalar shanba kunidan beri yana 27 nafar jasadni ommaviy qabrdan olib chiqqani, qabrdan chiqarilgan jasadlar sonining esa 73 nafarga yetgani qayd etildi.

Tunisda boshlangan “Arab bahori” 2011-yil fevralida Liviyaga tarqaldi.  42 yildan beri hokimiyatda boʻlgan Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar namoyishchilarga qarata oʻq otib, oʻnlab tinch aholini oʻldirgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jasad , #ommaviy qabr , #Liviya

Aloqador xabarlar