Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 55 kishi halok bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.

2205537
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 55 kishi halok bo‘ldi
gazze cocuk.jpg
gazze.jpg

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda falastinlik yana 55 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 392 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil armiyasi tomonidan oxirgi 24 soatda uyushtirilgan qatliom tusdagi 3 ta hujumda falastinlik yana 55 kishi halok bo‘lar ekan, 186 kishi tan jarohati oldi.

O‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri esa halok bo‘lganlarning jami soni 43 ming 259 nafarga yetar ekan, tan jarohati olganlar soni esa 101 ming 827 nafar deb qayd etildi.

Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon jasadlar bor ekani ifoda etildi. Eng yomoni, Isroil moneliklari yuzasidan yuqorida nomi tilga olingan jasadlarni tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham ola olmayapdi.



Aloqador xabarlar