AQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Taxminan 100 million dollarlik samolyotning qulashiga "uchuvchi xatosi" sabab bo'lgani bildirildi.

2205317
AQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari dengiz piyodalari korpusining F-35 qiruvchi samolyoti taxminan 11 daqiqa davomida havoda nazoratsiz uchganidan so'ng halokatga uchradi.

Taxminan 100 million dollarlik samolyotning qulashiga "uchuvchi xatosi" sabab bo'lgani bildirildi. Hodisa 2023-yil 17-sentyabr kuni kuchli yomg‘ir paytida sodir bo‘lgandi.

Uchuvchi elektr nosozliklari va ekranlar bilan bog'liq muammolar tufayli ejektor o'rindig'idan foydalanib samolyotni tark etgan.

Biroq, bu orada F-35 avtomatik parvozni boshqarish tizimlari tufayli 112 kilometr masofada taxminan 11 daqiqa davomida o'z-o'zidan uchishda davom etgan.

Uchuvchi parashyutda uyning bog‘iga qo‘ndi va uy egasining eshigini taqillatdi. Yo‘qolgan samolyot haqida xabar berish uchun 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.

Hodisa joyi ertasi kuni aniqlandi, samolyot Janubiy Karolina shtati Xemminguey yaqinidagi o‘rmonga qulab tushgani ma’lum bo’ldi.

F-35 ning o‘z-o‘zidan parvozni davom ettirishida avtomatik parvozlarni boshqarish tizimlari faol rol o‘ynagani ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #F-35 , #AQSh

Aloqador xabarlar