Sudanda 852 nafar bemor vabo epidemiyasi tufayli vafot etdi
Bu haqda Sudan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.
Sudanda vabo epidemiyasi tufayli vafot etganlar soni 852 nafarga yetdi. Mamlakatda vaboga chalinganlar soni 29 ming 147 nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda Sudan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.
Sudanda iyun oyidan beri davom etayotgan kuchli yog'ingarchilik va suv toshqinlari vabo kasalligining tarqalishiga olib keldi.
Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb e'lon qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-oktyabr kuni 3,4 million sudanlik bola epidemiya xavfi ostida ekanligini ma’lum qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) 5-oktyabr kuni Sudanga vaboga qarshi 1,4 million doza vaksina yuborganini e’lon qildi.
Urush davom etayotgan va sog‘liqni saqlash tizimi samarali ishlamayotgan Sudanda epidemik kasalliklarning tarqalishi odamlar hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.
Aloqador xabarlar
Milliarderning boyligi o'n yil ichida 121% ga oshdi
Dunyo milliarderlarining boyligi so‘nggi 10 yilda 121 foizga oshib, jami 14 trillion dollarga yetdi.