Isroilning G'azo shimoliga hujumida ko’plab tinch aholi vakili halok bo’ldi

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

2204336
Isroilning G'azo shimoliga hujumida ko’plab tinch aholi vakili halok bo’ldi

 

Isroilning G'azo shimoliga uyushtirgan so'nggi hujumida ko’plab tinch aholi vakillari halok bo’ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, BMT agentliklari Isroilning G'azo shimoliga sodir etgan hujumlari natijasida juda ko'p qurbonlar borligi haqidagi xabarlardan juda xavotirda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq Tinchlik jarayoni maxsus koordinatori Tor Vennesland, kecha Beyt Lahiyadagi Isroil hujumida kamida 90 nafar falastinlik, jumladan 25 bola halok bo'lganini qayd etdi.

Isroilning cheklovlari tufayli mintaqaga kirish imkoni yo'qligini ta'kidlagan Dujarrik, BMT rasmiylari va favqulodda yordam guruhlari G'azodagi odamlarga yordam berishda haddan tashqari qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytdi.

Uning aytishicha, shu yilning oktyabr oyida kamida 14 nafar gumanitar yordam xodimi va 4 nafar sog'liqni saqlash xodimi halok bo'ldi.

U 2023-yil oktabr oyidan beri Isroilning hujumlari natijasida G‘azoda 322 nafar insonparvarlik yordami xodimining hayotdan ko‘z yumganini, ulardan 315 nafari mahalliy falastinlik xodimlar, 7 nafari esa boshqa davlat fuqarolari ekanini qayd etdi.

Bir kun avval Isroilning Livan sharqiga uyushtirgan hujumlarida esa, kamida 60 kishi halok bo'lgan, o'nlab odamlar yaralangan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar