Rossiya 131 nafar avstraliyalik fuqaroning mamlakatga kirishini taqiqladi
Bu qaror Avstraliya hukumati tomonidan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga javoban qabul qilingan.
2204211
Rossiya 131 nafar avstraliyalik fuqaroning Rossiyaga qarshi siyosati tufayli mamlakatga kirishini doimiy ravishda taqiqladi.
Bu haqdagi xabar Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi .
Bu qaror Avstraliya hukumati tomonidan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga javoban qabul qilingan.
Ro‘yxatda harbiy-sanoat kompleksi vakillari, kompaniya rahbarlari va jurnalistlar ham bor.
Shuningdek, ro’yxatga bu mamlakatda Rossiyaga qarshi kun tartibini shakllantirayotgan jamoat arboblari ham kiritilgan.
Bayonotda, Avstraliyaning Rossiyaga qarshi siyosatini davom ettirayotgani va shu sababli sanktsiyalar ro'yxatini yangilash ustida ish olib borilishi ta'kidlandi.