Guterrish Isroilni keskin qoraladi
Antoniu Guterrish, Isroilni Bayt Lahiya va G‘azoda uyushtirgan hujumlari yuzasidan keskin qoraladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, ko‘pchilik umriga zomin bo‘lgani bosi Isroilni Bayt Lahiya va G‘azoda uyushtirgan hujumlari yuzasidan keskin qoraladi.
BMT Matbuot xizmati kotibi o‘rinbosari Farhan Haq, kundalik matbuot anjumanida Guterrishning munosabatiga e’tibor qaratdi.
Isroilning Bayt Lahiyaga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida o‘nlab inson jon bergani va ular orasida ayollar va bolalar ham borligini ifoda etgan Haq:
«Bosh kotib G‘azoda qurbonlar soni ortib borayotganini keskin qoralamoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Haqning ta’kidlashicha, Bosh kotib G‘azo shimolidagi vaziyatning yomonlashgani va ommaviy ko‘chirilishidan chuqur xavotirda.
Guterrishning tinch aholi har doim himoya qilinishi kerakligini ta’kidlaganini bildirgan Haq, insonparvarlik yordami va qidiruv - qutqaruv guruhlari xizmati qulaylashtirilishi zarurligini bildirdi.
Haq, Guterrishning Isroilning shifoxonalarni nishonga olgan hujumlari usiz ham yomon ahvoldagi gumanitar inqirozni chuqurlashtirganini ta’kidlab, «Shifoxonalar nishonga olinmasligi shart!» - dedi.
Bosh kotib zudlik bilan oʻtashkesimni yo‘lga qo‘yishga chaqirganini ifoda etgan kotib, xalqaro gumanitar huquq sohasidagi qonunbuzarliklar misli koʻrilmagan darajada ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.