Rossiya Ukrainaning Ugledar shahrini bosib oldi

“Sharqiy harbiy qismlarning hal qiluvchi harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Ugledar posyolkasi ozod qilindi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

2194588
Rossiya Ukrainaning Ugledar shahrini bosib oldi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi nazorati ostida bo'lgan Ugledar shahri bosib olinganini ma'lum qildi.

“Sharqiy harbiy qismlarning hal qiluvchi harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Ugledar posyolkasi ozod qilindi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy armiya Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Ugledar shahridan chiqib ketganini ma'lum qildi.

"Biz Rossiyani tegishli qurollarsiz to'xtata olmaymiz. Ular bizning pozitsiyalarimizni yo'q qilar ekan, biz askarlarimiz hayotini himoya qilishimiz kerak, chunki ular binolardan muhimroqdir" - dedi Zelenskiy.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar