Yaqin Sharqdagi vaziyat AQShning inqirozlarni hal qila olmasligini ko'rsatmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova mintaqadagi vaziyatni “AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining toʻliq muvaffaqiyatsizligi” deb baholadi.

2193775
Yaqin Sharqdagi vaziyat AQShning inqirozlarni hal qila olmasligini ko'rsatmoqda

 

Rossiyaning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat AQShning inqirozlarni hal qila olmasligini ko'rsatmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Eronning Isroilga raketa hujumi ortidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qilgan bayonotida mintaqadagi vaziyatni “AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining toʻliq muvaffaqiyatsizligi” deb baholadi.
"Qonli drama" asta-sekin kuchayib borayotganini ifoda etgan Zaxarova, "Oq uyning noaniq bayonotlari uning inqirozlarni hal qilishga to'liq qodir emasligini ko'rsatmoqda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning sa'y-harakatlari o'n minglab odamlarning o'limiga va boshi berk ko'chaga olib keldi", - dedi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rossiya

Aloqador xabarlar