Erondagi ogʻir yogʻingarchilik oʻn besh kishi umriga zomin boʻldi
Erondagi ogʻir yogʻingarchilik yuzasidan oʻn besh kishi halok boʻldi va ulardan oʻn toʻrt nafari Afgʻoniston fuqarosi ekani aniqlandi.
Eronning Kirman viloyatining Siroft tumanida ogʻir yogʻingarchilik yuzasidan oʻn besh kishi halok boʻldi va ulardan oʻn toʻrt nafari Afgʻoniston fuqarosi ekani aniqlandi.
Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabariga koʻra, Kirman viloyatining Qizil yarim oy jamiyati rahbari Reza Falloh, kecha sodir boʻlgan sel falokati haqida ma’lumot berdi.
Kecha Siroft tumanida bir daryoning toshib ketishi oqibatida daryodagi insonlarni qutqarish uchun chora koʻrila boshlaganiga e’tibor qaratgan Falloh, 13 soatdan ortiq davom etgan qidiruv - qutqaruv faoliyati natijasida oʻn besh kishining jasadi topilgani va ulardan biri eronlik, oʻn toʻrt nafari esa xorijlik ekanini qayd etdi.
Falloh, qidiruv - qutqaruv ishlari natijasida faqatgina ikki kishini qutqarish imkoni boʻlganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.
Siroft tumani hokimi Ahmad Boʻlendnazarning qayd etishicha, daryoda hayotdan koʻz yumganlarning barchasi bir oilaning a’zolari boʻlgan. Birgalashib bir bogʻda ishlayotgan oila, daryoga yuvinish uchun borganlar. Ortidan esa ogʻir yogʻingarchilik qayd etilar ekan, daryo suvi ham toshib ketgan. Oqibati esa sel suvlariga koʻmilgan bir oilaning umriga zomin boʻlgan.