Sudanda vabo epidemiyasidan vafot etganlar soni 315 nafarga yetdi
Sudan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, o'lkaning turli shtatlarida tarqalgan vabo epidemiyasi bilan kasallanganlar sonining 9 ming 533 nafarga etgani qayd etildi.
Sudanda vabo epidemiyasidan vafot etganlar soni 315 nafarga yetdi.
Sudan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, o'lkaning turli shtatlarida tarqalgan vabo epidemiyasi bilan kasallanganlar sonining 9 ming 533 nafarga etgani qayd etildi.
Bayonotda, epidemiya tufayli hayotdan ko'z yumganlar sonining 315 nafarga yetgani bildirildi.
Bayonotda, shuningdek, Sudanning 11 shtatida iyun oyidan beri kuchli yomg'ir va suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumganlar sonining 225 nafarga yetganligi ma'lum qilindi.
Sel va yomg’irdan jabr ko’rganlar soni 345 ming 204 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
Sudanda har yili 100 dan ortiq odam halok bo'ladi, iyul-oktyabr oylari orasida sodir bo'lgan suv toshqinlari natijasida o'n minglab uylar, ish joylari va qishloq xo'jaligi erlari zarar ko'radi.
Mamlakatda joriy yilning iyun oyidan beri davom etayotgan yomg‘ir va suv toshqinlari vabo kasalligining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb e'lon qildi.
Urush davom etayotgan va sog‘liqni saqlash tizimi samarali ishlamagan Sudanda epidemik kasalliklarning tarqalishi odamlar hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.