Iroqning Erbil shahrida Turkmanlarning siyosiy ahvolini muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazildi
Iroqning Erbil shahrida 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Iroq Kurd mintaqaviy hukumati (IKMH) parlament saylovlari oldidan Turkmanlarning siyosiy ahvolini muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazildi.
Iroqning Erbil shahrida 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Iroq Kurd mintaqaviy hukumati (IKMH) parlament saylovlari oldidan Turkmanlarning siyosiy ahvolini muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazildi.
Tadbirda Iroq Turkman Jabhasi (ITJ) Ijroiya kengashi a’zosi Aydin Maruf, Turkman siyosatchilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Turkman shahidlari nomidan bir daqiqalik sukut saqlash va Qur’oni Karim tilovati bilan boshlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Turkman vaziri Ma’ruf saylovlarning o‘z vaqtida va barcha siyosiy partiyalar ishtirokida o‘tkazilishi muhimligini ta’kidladi. Saylovning ochiq- oydin o‘tkazilishi tarafdori ekanini aytdi.
Maruf, turkmanlarning Iroqda, ayniqsa Turkmanlarning IKMH va Erbilda bo'lishi muhim ekanini bildirdi. U turkmanlarga IKMH parlamentida Erbil uchun ajratilgan yagona kvota yetarli emasligini ta'kidladi.
Ma’ruf, ITJbu saylovlarda kvotadan tashqarida ishtirok etishini va saylovlar uchun sa’y-harakatlar davom etishini ta’kidladi.
“Turkmanlar doimo oʻz huquq va qonunlarini muloqot orqali olishga harakat qilgan.
Viloyatda yashovchi har bir kishi saylovda qatnashishi shart. "Bu fuqarolik burchi." - dedi u.