Mahmud Abbos ertaga Ispaniyaga tashrif buyuradi
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Madridda Bosh vazir Pedro Sanches bilan uchrashadi.
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos ertaga Ispaniya poytaxti Madridga tashrif buyuradi. Ma'lumki, shu yilning 28-may kuni Ispaniya Falastinni rasman tan oldi.
Shu munosabat bilan Falastinning Ispaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Husnu Abdulvohid Qirol Felipe VI ga ishonch yorlig'ini topshirdi.
Elchi Abdulvohid keyinroq matbuotga bergan bayonotida, Ispaniya Falastin davlatini tan olganidan keyin Davlat rahbari Mahmud Abbos ilk tashrifini 18-sentyabr kuni bu mamlakatga amalga oshirishini ma’lum qildi.
“Ispaniya va Falastin o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar to'g'ri yo'lda, hech kimga qarshi bo'lmagan, faqat tinchlik va barchaga foyda keltiradigan siyosiy yechim yo'lida ketmoqda" - dedi u.
Ispaniyaga Falastinga doimiy va so'zsiz qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan elchi Abdulvohid, "Xayriyatki, Ispaniya genotsidchi Isroil davlatining tuzog'iga tushmadi" dedi.
Uning aytishicha, Abbos Madridda Bosh vazir Pedro Sanches bilan uchrashadi.
Ispaniya Falastinni tan olganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi birinchi hukumatlararo sammit yil oxirigacha o‘tkazilishi kutilmoqda.