Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.
Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 342 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.
Shunga ko‘ra Isroil armiyasi tomonidan oxirgi 24 soatda uyushtirilgan qatliom tusdagi ikki hujumda falastinlik yana 34 kishi halok bo‘lar ekan, 96 kishi tan jarohati oldi.
O‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri esa halok bo‘lganlarning jami soni 41 ming 118 nafarga yetar ekan, tan jarohati olganlar soni esa 95 ming 125 nafar deb qayd etildi.
Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon jasadlar bor ekani ifoda etildi. Eng yomoni, Isroil moneliklari yuzasidan yuqorida nomi tilga olingan jasadlarni tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham ola olmayapdi.
Aloqador xabarlar
Putin Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.