Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida dron orqali hujum uyushtirilgani iddio etilmoqda
Rossiya Ukraina tomonidan, Ukraina esa Rossiya tomonidan dronlar orqali hujum uyushtirishga urinilganini iddio etmoqda.
Ukraina kuchlari Rossiyaga qarshi dron orqali keng ko‘lamli hujum uyushtirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukrainaning Rossiya hududidagi 9 ta hududga qarshi dronlar orqali hujum qilishga uringani bildirildi.
Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan 144 ta dron urib tushirilgani qayd etilgan bayonotda, ulardan 20 tasi Moskva viloyati hududida tushirilgani, oqibatida bir binoda kelib chiqqan yong‘inda 1 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Rossiya Federal Aviatsiya agentligi tomonidan berilgan bayonotda esa, harbiy bo‘lmagan samolyotlarining xavfsizligi tufayli Moskvadagi aeroportlarda parvozlar vaqtinchalik cheklangani qayd etildi.
Ukraina Harbiy - havo kuchlari, Rossiya tomonidan kelayotgan 38 ta dronni urib tushirganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Aloqador xabarlar
Putin Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.