Isroil G‘azoda yana qatliom uyushtirdi
Isroil harbiy samolyotlari, Xon Yunusning g‘arbidagi Mevasi mintaqasida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlarning chodirlariga qarshi 3 ta raketa hujumi uyushtirdi.
Isroil G‘azoda yana qatliom uyushtirdi.
Isroil harbiy samolyotlari, Xon Yunusning g‘arbidagi Mevasi mintaqasida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlarning chodirlariga qarshi 3 ta raketa hujumi uyushtirdi.
Hujum oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lar ekan, falastinlik 60 kishi tan jarohati oldi.
Hujum shiddati yuzasidan hududda 9 metr chuqurlikda teshik paydo bo‘ldi. Kamida 20 ta chodir yonib ketar ekan, ko‘pchilik tuproq ostida qoldi.
Harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlar bilan tan jarohati olganlarni qiyinchilik bilan olib chiqdi.
Isroil armiyasi esa Mevasi hududidagi Xamas qo‘mondonlik markazini nishonga olganini iddio qildi.
Falastin qarshilik harakati Xamas esa Isroilning ushbu iddiosini rad etdi.
Isroil armiyasi Xon Yunusda uyushtirilgan qatliomda, asosan ayollar va bolalardan iborat o‘nlab tinch aholining hayotdan ko‘z yumgani ta’kidladi.
Isroil G‘azo sektori shimolidagi Jibaliya qochqinlar lageriga ham zarba berdi.
Hujumda, falastinlik 6 kishi qatl qilindi va ko‘pchilik tan jarohati oldi. Eng yomoni, ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.