Keniyadagi maktab-internatda yong'in sodir bo'ldi
Keniya markazidagi maktab-internatning 10-14 yoshli bolalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 18 nafar talaba halok bo‘ldi, 27 nafar talaba kasalxonaga yotqizildi.
Keniya markazidagi maktab-internatning 10-14 yoshli bolalar yotoqxonasida yong’in sodir bo’ldi. Yong‘inda kamida 18 nafar o’quvchi halok bo‘ldi, 27 nafar o’quvchi kasalxonaga yotqizildi.
Keniya vitse-prezidenti Rigati Gachaguaning aytishicha, yong‘in vaqtida 150 dan ortiq bola uxlayotgan bo’lgan, 70 ga yaqin bola bedarak yo‘qolgan.
Ichki ishlar vaziri Kithure Kindiki ko’plab bolalar uchun atrofdagi uylarda boshpana berilganini, ularning aksariyati katta jarohat olganini ma'lum qildi.
Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmagan.
Keniyaning Gender tenglik bo’yicha milliy komissiyasi yotoqxona to‘la va xavfsizlik standartlariga javob bermasligini aytdi.
Davlat rahbari yong‘in “halokatli” ekanligini va aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.
Ota-onalar maktab oldida bolalaridan xabar kutishmoqda.
Aloqador xabarlar
Putin Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.