Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 42 kishi halok bo‘ldi
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.
Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda falastinlik yana 42 kishi halok bo‘ldi.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 334 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.
Shunga ko‘ra Isroil armiyasi tomonidan oxirgi 24 soatda uyushtirilgan qatliom tusdagi turli hujumda falastinlik yana 42 kishi halok bo‘lar ekan, 107 kishi tan jarohati oldi.
O‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri esa halok bo‘lganlarning jami soni 40 ming 861 nafarga yetar ekan, tan jarohati olganlar soni esa 94 ming 398 nafar deb qayd etildi.
Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon jasadlar bor ekani ifoda etildi. Eng yomoni, Isroil moneliklari yuzasidan yuqorida nomi tilga olingan jasadlarni tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham ola olmayapdi.