Isroillik qo‘mondon o‘z vazifasidan iste'foga chiqdi

G‘azodagi genotsidning me’morlaridan biri bo‘lgan quruqlik kuchlari qo‘mondoni general - mayor Tamir Yadai o‘z vazifasidan iste’fo etdi.

2182913
Isroillik qo‘mondon o‘z vazifasidan iste'foga chiqdi

Isroil armiyasidagi parchalanish davom etmoqda.

G‘azodagi genotsidning me’morlaridan biri bo‘lgan quruqlik kuchlari qo‘mondoni general - mayor Tamir Yadai o‘z vazifasidan iste’fo etdi.

«The Times of Israel» gazetasining xabarida, Isroil armiyasida 3 yil quruqlik kuchlari qo‘mondoni sifatida xizmat qilgan general - mayor Yadai, o‘z vazifasidan shaxsiy sabablarga ko‘ra iste’foga chiqqani ma’lum qilindi.

Xabarda qayd etilishicha Tamer Yadaining iste’fo talabini Bosh shtab rahbari Gerzi Halaviy bilan Mudofaa vaziri Yoav Gallant ma’qullagan.

Yadaining o‘rniga kimning kelishi noma’lum. Bu masala aniqlangunga qadar u o‘z vazifasini davom ettiradi ammo hozircha dam olishda.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Tamir Yadai , #G‘azodagi genotsid

Aloqador xabarlar