Turkiya, Isroilning amaliyotlarni G'arbiy Sohilga olib borishlarini bildirishini qattiq qoraladi

Turkiya, Isroilning G'arbiy Sohilda boshlagan noqonuniy amaliyoti va Isroil Tashqi ishlar vaziri (Yisrael Katz)ning G'azodagi amaliyotlarni G'arbiy Sohilga olib borishlarini bildirishini qattiq qoraladi.

2181105

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, "Isroilning G'arbiy Sohilda boshlagan noqonuniy amaliyoti va Isroil Tashqi ishlar vazirining G'azodagi amaliyotlarni G'arbiy Sohilga olib borishlari haqidagi bayonotini qattiq qoralaymiz". Deya qayd etildi.  Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumatining Falastin xalqiga qarshi “genotsid siyosati” xalqaro xavfsizlikka asosiy tahdiddir.

“Isroilning xalqaro huquqni (Falastin xalqiga qarshi) butunlay mensimaydigan bu harakatlariga qarshi zarur jazo va majburlov choralarini ko‘rish zarur”, — deyiladi bayonotda.

 Isroilni so’zsiz qo’llab-quvvatlayotgan “bir hovuch” davlatlar qonunga va inson vijdoniga zid bo’lgan munosabatlaridan tezroq voz kechishi ta’kidlandi.

Aloqador xabarlar