Hindistonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 22 kishi halok bo'ldi
Hindistonning Tripura shtatida musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 22 nafarga yetdi.

Hindistonning Tripura shtatida musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 22 nafarga yetdi.
Press Trust of India (PTI) agentligi ma'lumotlariga ko'ra, shtat ma'murlari tabiiy ofatlardan jabr ko'rgan va kuchli yomg'irlar tufayli uylari vayron bo'lgan taxminan 65,4 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinganini ma'lum qildi.
Rasmiylar, musson yomg'irlari sabab bo'lgan suv toshqinlari va ko'chkilarda halok bo'lganlar sonining 22 nafarga yetganini, sa'y-harakatlar natijasida 334 nafar tinch aholining qutqarilganini ma'lum qildi.
Tripura bosh vaziri Manik Sahaning ma'lum qilishicha, ko'chki sodir bo'lgan hududlarda kamida 10 kishi vayronalar ostida qolib ketgan.
Vayronalar ostida qolganlar uchun qutqaruv ishlarining davom etayotganini bildirgan Saha, mintaqa aholisini qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida hukumat va Tabiiy ofatlarga javob berish kuchlari (NDRF) xodimlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.
Hindiston Meteorologiya Departamenti (IMD) tomonidan berilgan bayonotda, shtatga ta'sir ko'rsatgan kuchli yomg'irning davom etishi kutilmoqda.