Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muloqot qildi
Bayden suhbat chog'ida G'azoda oʻt ochishni toʻxtatish va mahbuslarni ozod qilish boʻyicha kelishuvni zudlik bilan yakunlash zarurligini taʼkidladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Oq uy ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident Bayden suhbat chog'ida G'azoda oʻt ochishni toʻxtatish va mahbuslarni ozod qilish boʻyicha kelishuvni zudlik bilan yakunlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha Qohirada oʻtkaziladigan muzokaralarga tayyorgarlik ko’zdan kechirildi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, AQShning Isroilga Eron va Eron qo'llab-quvvatlagan tashkilotlarga qarshi harbiy yordami davom etishini qayd etgan Bayden, Amerikaning mintaqadagi harbiy kuchi bilan bog'liq vaziyatni Netanyahu bilan muhokama qildi.
Eslatma: Shu yilning 15-16 avgust kunlari Qatar poytaxti Dohada Isroil va HAMAS o'rtasida G'azoda asirlar almashinuvi va o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralar bo’li bo’tdi.
Hamas harakati rasmiylarining ma’lum qilishicha, Isroil Bosh vaziri Netanyaxu AQSh, Misr va Qatar vositachiligida olib borilgan muzokaralarda yangi shartlar qo'yib, kelishuvga erishishga to'sqinlik qildi.
Muzokaralar Misr poytaxti Qohirada davom etishi kutilmoqda.
Isroilning G'azo sektoriga hujumlarida shu kungacha kamida 40 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi. Ulardan 16 ming 480 nafari bolalar va 10 ming 980 nafari ayollardir. Hujumlarda 92 ming 981 kishi yaralangan.
Aloqador xabarlar
Putin Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.