Bayden G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish imkoni haligacha borligini qayd etdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning G‘azodagi otashkesim jarayonini qo‘lga olish maqsadida Isroilga tashrif uyushtirishi ortidan AQSh Prezidenti Jozef Bayden jurnalistlarga bayonot berdi.

2176932
Bayden G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish imkoni haligacha borligini qayd etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden, G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish imkoni borligini qayd etdi. 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning G‘azodagi otashkesim jarayonini qo‘lga olish maqsadida Isroilga tashrif uyushtirishi ortidan AQSh Prezidenti Jozef Bayden jurnalistlarga bayonot berdi.

Bayden G‘azodagi otashkesimni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan holda:

“Taslim bo‘lmaymiz. Haligacha imkoni bor”. - dedi.

Joriy yilning 15 - 16 avgusti kunlari Qatar poytaxti Dohada Isroil bilan Xamas o‘rtasida mahbuslarni almashish va G‘azo sektorida otashkesimni yo‘lga qo‘yish uchun muzokaralar o‘tkazilgan edi.

Yaxshi o‘tgani ifoda etilgan Dohadagi muzokaralarda Qatar Bosh vaziri - Tashqi Ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Bill Berns, Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komil va Isroil Razvedka xizmati rahbari Devid Barnea yetakchiligidagi hay’atlar ishtirok etgandi.

Tomonlar o‘rtasida otashkesimni yo‘lga qo‘yish masalasi ustidan olib borilgan muzokaralar bu hafta Misr poytaxti Qohirada davom etadi.

Bayden, 16 - avgust kuni G‘azoda otashkesimni yo‘lga qo‘yish ehtimoli haqida esa:

“Har doimgidan ham yaqinmiz”. - degan edi.

 



Aloqador xabarlar